FQB OAV bilan ishlash qoidalarini kuchaytirdi
FQB mahkama sobiq direktori Jyeyms Komining faoliyatini surishtiruvdan o‘tkazish ishlari yakuni bo‘yicha OAV bilan muloqot qilish qoidalarini kuchaytirdi. Komiga aloqador surishtiruv ishlari AQSh Adliya vazirligi bosh inspektori Maykl Xorovits tomonidan o‘tkazildi. Bu haqda FQB rahbari Kristofer Rey bayonotida aytilgan.
«Biz bu hisobot bilan bog‘liq qator ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Birinchidan, OAV bilan ishlashning yangi qoidalarini kiritdik, ular avvalgilaridan ancha qat'iyroq va aniqroq», - dedi u matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mahkama xodimlari OAV bilan muloqot qilish bo‘yicha maxsus tayyorgarlikdan ham o‘tkaziladi.
Avvalroq, AQSh FQB sobiq direktor Jyeyms Komi faoliyatini surishtiruvdan o‘tkazish yakunlari bo‘yicha ichki tartib-intizomga doir tekshiruvni amalga oshirishi hamda aybdorlarni javobgarlikka tortishi xabar qilingandi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024