Sport | 21:36 / 15.06.2018
38614
1 daqiqa o‘qiladi

Krishtianu Ronaldu shartli jazo muddati oldi

Ispaniya sudi Krishtianu Ronaldu ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Bu haqda El Mundo xabar bermoqda. Unga soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash ishi bo‘yicha 5 yillik qamoq jazosi xavf solayotgandi.

Biroq “Real” Madrid va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi tergov bilan kelishuvga rozi bo‘lib, natijada 2 yillik shartli jazo muddati olgan. Ronaldu shuningdek 18,8 mln yevro miqdorida jarima to‘lab beradigan bo‘ldi.

Tergov ishiga ko‘ra, u 2011-2014 yillarda 15 mln yevro miqdorida soliq to‘lashni “yodidan chiqarib qo‘ygan”.

Mavzuga oid