Sport | 21:02 / 15.06.2018
32823
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyalik kirakash Saudiya Arabistonidan kelgan muxlisdan 10 barobar ko‘p pul oldi

Foto: RIA "Novosti"

Saudiya Arabistoni muxlisi "Lujniki" stadionidan Tinchlik prospektida joylashgan mehmonxonagacha (taxminan 20 kilometr) bo‘lgan masofa uchun taksiga 30 ming rubl to‘ladi. Bu haqda huquqni himoya qilish organlariga tayanib, RIA "Novosti" xabar berdi. 

"Uchrashuvdan so‘ng Saudiya Arabistonidan kelgan muxlis mehmonxonagacha taksi chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, haydovchi bilan 3 ming rublga kelishgan, biroq manzil so‘ngida uning kartasidan 30 ming rublga yaqin pul yechib olingan. Shundan so‘ng u huquqni himoya qiluvchi organlarga murojaat qildi", – deyiladi xabarda. 

15 iyun kuni gumonlanuvchi qo‘lga olindi. Hozirda ushbu holat yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasida kechgan o‘yin 5:0 hisobida musobaqa mezbonlarining foydasiga hal bo‘ldi. 

Mavzuga oid