Sport | 11:42 / 15.06.2018
22474
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya sport bo‘yicha qo‘mitasi rahbari: sharmanda qilishdi 

Foto: Getty Images

Saudiya Arabistonining sport bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Turki Al ash-Shayx milliy terma jamoaning JCh-2018 ochilishi uchrashuvidagi o‘yiniga munosabat bildirdi.

«O‘yinchilar meni sharmanda qilishdi, men butunlay muvaffaqiyatsizlikka uchradim. Bu biz eng yaxshi murabbiylar jamoasi bilan tayyorgarligi uchun shartnoma imzolagan o‘yinchilar salohiyati ekaniga ishongim kelmayapti.

Afsuski, bu avlod nimaga qodir ekanini bugungi o‘yin ko‘rsatib qo‘ydi», - deya Al ash-Shayxning so‘zlarini keltiradi NTV telekanali.

Rossiya terma jamoasi mundial ochilish bahsida Saudiya Arabistoni termasini 5:0 hisobida taslim etdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Putinning Saudiya shahzodasiga nisbatan harakatiga izoh bergandi

Mavzuga oid