Dunyodagi eng xavfli suvosti kemalari ma'lum qilindi
The National Interest dunyodagi eng xavfli suvosti kemalari reytingini e'lon qildi. Unda AQSh va Rossiyadan qator submarinalar ham bor.
Bu ro‘yxat qurolli kuchlar tarkibida bo‘lgan, yoki yaqin vaqt ichida foydalanishga topshirilishi mo‘ljallangan suvosti kemalari orasidan tuzildi.
Ta'kidlanishicha, reytingda AQShga tegishli «Ogayo» va «Kolumbiya» sinfdagi suvosti kemalari bor. Ular eng xavfli, deb topilgan.
Rossiya suvosti kemalari ham dunyodagi eng xavfli submarinalar reytingida dastlabki besh o‘rin orasidan joy oldi.
Ro‘yxatga «Borey» 955 loyihasidagi to‘rtinchi avlod atom suvosti kemasi, «Delfin» 667BDRM loyihasi suvosti kemasi va «Yasen» 885 loyihasidagi ko‘p maqsadli atom suvosti kemasi kiritilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh flotida endi «kema qotillari» borligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024