O‘zbekiston | 14:45 / 16.06.2018
11935
1 daqiqa o‘qiladi
“O‘ztreyd” boshqaruvi raisi tasdiqlandi
Doniyor Sodiqovich Qodirov Tashqi savdo vazirligi “O‘ztreyd” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.
D.Qodirov ushbu lavozimga tayinlangunga qadar “O‘zagroeksportbank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Eslatib o‘tamiz, “O‘ztreyd” AJ 2017 yil 26 maydagi prezident qaroriga muvofiq tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy vazifasi, shu jumladan, yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sotish bo‘yicha yangi bozorlarni izlash va o‘zlashtirish hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:30 / 25.08.2023
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi
07:54 / 30.01.2021
Doniyor Qodirov prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi
17:57 / 23.03.2020
Viloyatlararo «post»lar vaqtincha ishlab turadi – IIV
17:10 / 29.06.2019