Qozog‘iston yo‘lovchi poyezdining YTH sabablari ma'lum qilindi
Qozog‘iston janubida yo‘lovchi poyezdining relslardan chiqishiga yo‘llarning qiyshayishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Respublika Investitsiyalar va rivojlanish vazirligining Transport qo‘mitasi shu haqida xabar berdi.
Ostona-Olmaota yo‘nalishidagi poyezdning qulashi mahalliy vaqt bilan soat 13:25 da Jambul viloyatining Shu tumanida ro‘y bergan. YTH natijasida 1 o‘smir yigit halok bo‘lgan, 3 katta yoshli kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan yo‘lovchilar Shu stansiyasiga boshqa poyezdda jo‘natilgan.
"Favqulodda holat mashinist yo‘llarning qiyshayganini ko‘rib, shoshilinch to‘xtatish tugmasini bosganidan keyin ro‘y bergan", - deyiladi Transport qo‘mitasining Facebook'dagi sahifasida.
"Kazaxstan temir joly" ("Qozog‘iston temir yo‘llari") milliy kompaniyasi YTH sabablarini aniqlash uchun maxsus komissiya tuzdi.
Mavzuga oid
22:16
To‘qayev korteji marshrutidan o‘q otish qurollari topildi
20:17
Qozog‘istonda o‘zining ichki organlarini qariyb 19 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
14:00
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasini demarkatsiya qilish shartnomasi BMTga topshirildi
19:18 / 25.09.2024