Sport | 20:40 / 17.06.2018
27828
1 daqiqa o‘qiladi

Video: FIFA Pogbaning golini «tortib oldi»

FIFA Fransiya terma jamoasining Avstraliyaga qarshi o‘yindagi g‘alaba golini raqib jamoa himoyachisi Aziz Bexich nomiga avtogol sifatida hisobladi. Bu ma'lumot L'Equipe tomonidan tarqatildi. 

Jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turi doirasidagi ushbu uchrashuvda Fransiya Avstraliya ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Avvaliga fransuzlar jamoasining ikkinchi goli Pol Pogba hisobiga yozilgandi, ammo ushbu epizod sinchkovlik bilan tekshirilgach, FIFA golni avstraliyalik  futbolchiga yozgan. 

Ushbu gol golni avtomatik aniqlash tizimi orqali qayd etilgandi.

Mavzuga oid