Sport | 15:02 / 18.06.2018
12350
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniya OAV: JCh-2018da «zo‘ravonlik festivaliga» tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Foto: REUTERS

Rossiyalik futbol ishqibozlari jahon chempionati-2018ga kelgan angliyalik muxlislarga «zo‘ravonlik festivali» uyushtirib berish haqida va'da qilishgan.

Britaniyaning Daily Star nashri xabariga ko‘ra, rossiyalik bezorilar Angliya terma jamoasi 18 iyun kuni jahon chempionati-2018da Tunisga qarshi o‘zining ilk o‘yinini o‘tkazadigan Volgograd shahriga jo‘nab ketishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Nashr hujumlar tayyorlanayotganiga isbot sifatida ultras so‘zlarini keltirgan, ular angliyaliklarga qarshi zo‘ravonlik harakatlari amalga oshirilishiga va'da berishgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh Jahon chempionati terrorchilar uchun yaxshi nishonga aylanishi mumkin ekanini ma'lum qilgandi

Mavzuga oid