Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi tarkibdan chetlatildi
Zlatko Dalich boshchiligidagi Xorvatiya terma jamoasi murabbiylar shtabi hujumchi Nikola Kalinichni tarkibdan chetlatgan va vatanga qaytarib yuborgan. Bu haqda 24sata xabar tarqatdi.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, ushbu 30 yoshli futbolchi guruh bosqichi doirasida Nigeriyaga qarshi kechgan (2:0) birinchi o‘yin vaqtida zaxiradan maydonga tushishni istamagandi.
Manbaning qayd etishicha, Dalich Nigeriyaga qarshi o‘yin yakunlanishiga 5 daqiqa qolganida Kalinichdan Mario Manjukich o‘rniga maydonga tushishni so‘ragan, ammo forvard beli og‘riyotganini aytib, o‘yinga qo‘shilishdan bosh tortgan. Natijada Manjukichni Marko Pyatsa almashtirgan.
JCh-2018 turniri 15 iyulga qadar davom etadi. D guruhidan o‘rin olgan Xorvatiya keyingi turlarda Argentina (21 iyun, Nijniy Novgorod) va Islandiya (26 iyun, Rostov) terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.
Mavzuga oid
21:58 / 17.12.2022
Xorvatiya Marokashni mag‘lub etib, bronzaga ega chiqdi
02:03 / 14.12.2022
JCh-2022. Argentina Xorvatiyani yirik hisobda yengib finalga yo‘l oldi, Messida gol+assist, Alvaresda dubl
23:03 / 27.11.2022
JCh-2022. Xorvatiya Kanadani yirik hisobda yengdi, Kramarichdan dubl
20:30 / 10.06.2021