Jahon | 16:25 / 18.06.2018
7096
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp har doim savdo urushini xohlagan - OAV

Foto: Carolyn Kaster/AP

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy tovarlariga bojlar haqida e'lon qilib, avj olayotgan global savdo urushida yana bir frontni ochdi. Bu haqda The Atlantic yozmoqda.

Avvalroq, Tramp YeI, Kanada hamda Meksika uchun po‘lat va alyuminiyga bojlar joriy etgandi. Keyinchalik u Xitoyda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga 25 foizlik boj haqida e'lon qildi.

Tramp XXR raisi Si Tszinpin bilan do‘stona munosabatlari haqida ta'kidlab o‘tib, mamlakatlar o‘rtasidagi savdo «juda uzoq vaqt davomida adolatsiz» bo‘lganini bildirgan. Nashrning ta'kidlashicha, Trampning fikricha «savdo urushlari - bu yaxshi, hamda ularda g‘alaba qozonish osondir».

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Merkel bilan tasvirlangan mashhur fotosuratga izoh bergandi

Mavzuga oid