Jahon | 08:50 / 19.06.2018
3446
1 daqiqa o‘qiladi
AQSh va Janubiy Koreya qo‘shma mashqlar to‘xtatilgani haqida ma'lum qildi
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi avgust oyiga rejalashtirilgan AQSh bilan qo‘shma harbiy mashqlarni to‘xtatish rejalari haqida ma'lum qildi. Bu haqda «Ryonxap» xabar bermoqda.
Bunday qaror KXDR bilan yadrosizlantirish hamda yarim orolda tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha muzokaralar davom ettirishni ta'minlash maqsadida qabul qilindi.
Shuningdek, Vashington va Seul «keyingi mashqlar bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagani» to‘g‘risida ma'lumot bergan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh KXDRda yadro raketalari va quroli ishlab chiqishda foydalaniluvchi taxminan 3 mingta obekt hamda inshootlar borligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
23:13 / 21.09.2024
Harris saylov kampaniyasida Trampdan uch barobar ko‘p mablag‘ to‘pladi - OAV
20:40 / 21.09.2024
Shimoliy Koreyaga qochib o‘tgan amerikalik askar sharmandalarcha armiyadan haydalgani ma’lum bo‘ldi
17:10 / 21.09.2024
AQShda “politsiyachi” robot jinoyatchini tutib berdi
16:27 / 21.09.2024