Paragvaylik yigit o‘z dafn marosimida paydo bo‘ldi
Paragvayda bir yigit bir necha kundan keyin uyga qaytgach, o‘z dafn marosimi ustidan chiqdi. Bu haqda The Mirror nashri ma'lum qildi.
20 yoshli Xuan Penayo bir necha kunga bedarak yo‘qolgan. Mahalliy politsiya bu orada yoqib yuborilgan jasad qoldiqlarini aniqlagan va yigitning oila a'zolari jasadni uniki deb qabul qilgan.
Nashrning ma'lum qilishicha, yigit yashaydigan hududda Braziliya bilan chegarada nazorat pastligi sababli jinoyatchilik avj olgan bo‘lib, yigitning bunday “o‘lim topishi” yaqinlariga g‘ayritabiiy ko‘rinmagan.
Politsiya jasadni yigitning oilasiga topshirgach, uning dafn marosimi tashkillashtirilgan. Biroq yigit dafn marosimi o‘tayotgan vaqtda uyiga qaytib, yaqinlarini ham xursand qilgan, ham qo‘rqitib yuborgan.
Yigit bu orada qayerda bo‘lgani ma'lum qilinmagan.
Mavzuga oid
17:49 / 16.10.2024
Qirg‘iziston prezidenti qabristonda yodgorlik o‘rnatishni taqiqlashni tavsiya qildi
21:20 / 23.05.2024
Eron prezidenti qadrdon shahrida dafn etildi
08:36 / 01.05.2023
Paragvayda hukmron partiya nomzodi prezident etib saylandi
18:30 / 02.01.2023