O‘tgan hafta onlayn auksion orqali necha so‘mlik avtoraqamlar sotildi?
Joriy yilning 11 iyundan 14 iyungacha bo‘lgan davr mobaynida “O‘zRTXB” AJ da 468,3 mlrd so‘mlik bitimlar tuzildi, deb xabar bermoqda "O‘zRTXB" AJ matbuot xizmati.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda birja savdolarining hajmi 608,6 mlrd so‘mdan 438,5 mlrd so‘mga tushdi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish mollari birinchi o‘rinni 34,2% bilan egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda kimyo mahsulotlari joylashgan bo‘lib, birja bozorining 14,7%ni egalladi. Keyingi o‘rinlarda 11,2% ulush bilan paxta tolasi, 9,9% ulush bilan gaz va polietilen joylashgan.
Valyuta savdo maydonchasi orqali 621,8 ming AQSh dollarlik mahalliy mahsulotlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini texnik moy tashkil etdi. Uning ulushi 50%. Kelishuvlarning keyingi qismi Gach IIga tegishli. Uning ulushi 39%ga teng. Polietilenning ulushi 9%ga teng. Petrolatum ulushi esa 2%ni tashkil qiladi.
O‘tgan hafta mobaynida onlayn auksion orqali 57 ta avtomobil raqamlari sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 866,3 mln so‘mdan oshdi.
Savdolar natijasida bitimlarning 75,4% birinchi toifadagi avtoraqamlar, har biri 12,3% ulush bilan ikkinchi va uchinchi toifa avtoraqamlar bo‘yicha tuzilgan.
Xaridorlar tarkibida yetakchilikni Toshkent va Toshkent viloyati avtohavaskorlari egalladi va ularning tuzilgan bitimlar sonidagi ulushi 57,9%ga teng. Keyingi o‘rinda Farg‘ona viloyati avtohavaskorlari 10,5% ulush bilan joylashdi. Uchinchi o‘rin Samarqand viloyati avtohavaskorlariga tegishli bo‘lib, ulushi 8,8%ni tashkil qiladi. Boshqa hududlarning ulushi 22,8%ga teng.
Mavzuga oid
18:27 / 09.09.2024
«Auksion o‘yinlari» orqali Bo‘stonliqdan yer olib berish uchun 1,5 million dollar talab qilgan fuqaro ushlandi
16:28 / 23.06.2020
Avtoraqamlar savdosi keskin oshdi
19:18 / 10.06.2020
Auksionda sotilgan Ishtixondagi MTP masalasi: viloyat hokimi murosa uchun g‘olibga boshqa yer taklif etmoqda
11:13 / 10.06.2020