Xalq ta'limi vaziri ishdan olindi, uning o‘rniga yangi rahbar tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan olindi. Bu haqda «Kun.uz» manbasi ma'lumot bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, bugun o‘tkazilgan yig‘ilishda Inoyatov ishdan olinib, vazirlikka Sherzod Hotamovich Shermatov yangi rahbar etib tayinlangan.
Sobiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri (v.b) Sherzod Shermatov fevral oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariga o‘rinbosar bo‘lgandi.
1977 yilda tug‘ilgan Sherzod Shermatov Toshkent davlat texnika universiteti bitiruvchisi sanaladi (1998). U shuningdek, AQShdagi Yyel universitetini tamomlagan (2000).
U 2014 yildan 2016 yil noyabrigacha Toshkentdagi Inha universiteti rektori bo‘lgan, 2016 yil noyabridan 2017 yil fevraligacha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlagan.
Ulug‘bek Inoyatov 2013 yilning fevralidan buyon Xalq ta'limi vazirligini boshqarib kelayotgandi. Shu yilning aprel oyida respublika bosh vaziri Abdulla Aripov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ushbu vazirga hayfsan berilgandi.
Mavzuga oid
19:22 / 28.08.2024
“Poytaxtda 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas” – Ulug‘bek Inoyatov
18:24 / 15.03.2024
Chet tilini biladigan yoshlarning yuqori maoshli ishga joylashishiga yordam beriladi
09:05 / 15.03.2024
“Amerikaga qilingan umumiy eksportning yarmidan ko‘pi IT kesimiga to‘g‘ri keladi” – Sherzod Shermatov
12:12 / 05.01.2024