IIV tizimida 11ta yangi lavozim tayinlovi ro‘y berdi
Ichki ishlar vazirligi tizimida yangi lavozim tayinlovlari yuz berdi. Bu haqda IIV rasmiy saytida xabar qilingan.
Xususan, quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlandilar:
podpolkovnik Ravshanjon Mexmonkuziyevich Djurayev - O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-jangovar tayyorgarlik va yong‘inni o‘chirishni tashkil etish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Davron Saidkamalovich Kambarov - O‘zbekiston Respublikasi IIV Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari-yong‘in nazorati va profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Abdurazzok Abdumutalipovich Abduxalikov - Toshkent viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Abdugani Abdusattarovich Avazov - Andijon viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Azizxon Abralxanovich Agzamov - Surxondaryo viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Ravshan Nazarovich Ibragimov - Jizzax viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;
polkovnik Alisher Akimjanovich Sultanov - Namangan viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Shokarim Baxodirovich Xushnazarov - Buxoro viloyati IIB Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i;
podpolkovnik Sherzod Toshturdiyevich Mamanov - Toshkent viloyati IIB Yangiyo‘l shahar Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
podpolkovnik Shaxzodxon Rustamxon O‘g‘li To‘raxonov - Toshkent viloyati IIB Piskent tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i;
podpolkovnik Djaxongir Baxadirovich Xalikov - Toshkent viloyati IIB Quyi Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tursinxon Xudoyberganovning o‘g‘li IIBdagi yuqori lavozimga tayinlangandi.
Mavzuga oid
17:34 / 04.09.2024
O‘ndan ortiq davlatning politsiya oliy o‘quv yurtlari rahbarlari Toshkentda yig‘ildi – foto
11:40 / 23.08.2024
Jizzaxda soqol qo‘ygan 22 yoshli fuqaro ma’muriy javobgarlikka tortildi
13:30 / 20.08.2024
Toshkent propiskasi haqidagi qonun bekor qilinadi
12:01 / 23.07.2024