Sport | 19:05 / 20.06.2018
10630
2 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018. Portugaliya Ronalduning goli evaziga Marokashni yengdi

Foto: Stu Forster/Getty Images

Rossiyada jahon chempionati o‘yinlari davom etmoqda.

V guruhida Portugaliya va Marokash terma jamoalari bellashdi. O‘yinda afrikaliklar katta ustunlikka ega bo‘lishdi va ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratishdi. Ammo, Portugaliya darvozaboni va himoyasi bexato harakat qildi.

O‘yin taqdirini ilk daqiqalarda urilgan yagona gol hal qildi. Krishtianu Ronaldu burchakdan oshirilgan to‘pni yaqin masofadan boshi bilan darvozaga yo‘llab, terma jamoasiga g‘alaba keltirdi.

JCh-2018, V guruhi
Portugaliya – Marokash 1:0 

20 iyun, Moskva, «Lujniki» stadioni
Gol: 1:0 – 4 Ronaldu. 
Portugaliya – Ruy Patrisiu, Pepe, Gerreyru, Soaresh, Fonte, Moutinyu, Vilyam Karvalyu, Gonsalu Gedesh, Bernardu Silva (Jyelson Martinsh, 59), Joau Mariu (Brunu Fernandesh, 70), Ronaldu.
Marokash – Muhammadiy, da Koshta, Benatiya, Hakimiy, Diror, Belhanda (Karsela-Gonsales, 75), Bussufa, Ziyesh, El-Ahmadiy, Amrabat, Butaib (El-Kaabiy, 69).
Ogohlantirish:  Benatiya (40).

Mavzuga oid