Sport | 16:21 / 21.06.2018
27945
2 daqiqa o‘qiladi

Xayrulla Hamidov jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydi

Bugun o‘zbek futbol muxlislarini Ravshan Ermatovning ishtirokidan tashqari, yana bir debyut kutib turibdi. 

Mashhur futbol sharhlovchisi Xayrulla Hamidov 12 yillik tanaffusdan so‘ng jahon chempionati o‘yinlarini sharhlaydigan bo‘ldi. Bu kelishuv O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi tashabbusi bilan amalga oshgan.  

"Uzreport TV" kanali va O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasiga yo‘llangan juda ko‘p murojaatlar va futbol muxlislari talab va istaklarini inobatga olib, "Uzreport TV" telekanali Xayrulla Hamidov bilan hamkorlik qiladigan bo‘ldi. Aslida MTRK “Sport” xodimi bo‘lgan sharhlovchi Xayrulla Hamidov mundial paytida shartnoma asosida, "Uzreport TV" va "Futbol" kanallarida jonli translyatsiya qilinadigan ba'zi o‘yinlarini sharhlaydi. 

Bir necha daqiqalardan so‘ng, soat 17.00 da boshlanadigan Daniya va Avstraliya o‘rtasidagi o‘yinda sevimli sharhlovchingizning ovozini "Uzreport TV" telekanalidagi translatsiya orqali eshitishingiz mumkin bo‘ladi.

Mavzuga oid