Sport | 02:51 / 22.06.2018
24155
1 daqiqa o‘qiladi

Argentina – Xorvatiya. Modrich ketma-ket ikkinchi uchrashuvda eng yaxshi o‘yinchi deb topildi

Foto: Getty Images

Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich jahon chempionati 2-turida Argentinaga qarshi kechgan bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda FIFA rasmiy sayti ma'lum qildi. 

Nijniy Novgorodda kechgan o‘yin Xorvatiyaning 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Modrich 80-daqiqada jamoasining ikkinchi golini kiritdi. 

Eslatib o‘tamiz, Xorvatiya terma jamoasi sardori 1-turdagi Nigeriyaga qarshi bahsda ham uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan edi. 

Mavzuga oid