Sport | 21:50 / 23.06.2018
20973
1 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov jahon chempionati guruh bosqichining 3-tur o‘yiniga tayinlandi

Foto: Getty Images

O‘zbekistonlik hakam Ravshan Ermatov JCh-2018 guruh bosqichi 3-turidan o‘rin olgan Ispaniya – Marokash o‘yinini boshqaradi. Bellashuv 25 iyun kuni Kaliningrad shahrida soat 23-00da boshlanadi. 

Bu Ermatov uchun jahon chempionatlaridagi 11-o‘yin bo‘lib, hamyurtimiz bu borada o‘ziga tegishli bo‘lgan dunyo rekordini yana uzaytiradi. Unga qanotlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam berishadi.

Qayd qilish joizki, Ravshan Ermatov faoliyatidagi uchinchi jahon chempionatida ishtirok etmoqda. U Janubiy Afrikada o‘tkazilgan JCh-2010 va Braziliyada o‘tkazilgan JCh-2014 musobaqalarida ishtirok etib, jami 9ta o‘yinni boshqargan va dunyo rekordini o‘rnatgan.

Mavzuga oid