Sport | 12:37 / 27.06.2018
3204
1 daqiqa o‘qiladi

Mundial rekordlari yangilanishda davom etmoqda

Foto: AP

Kechagi Daniya-Fransiya uchrashuvida hisob ochilmadi va natijada mundialning 0:0 hisobi qayd etilmayotgan o‘yinlari seriyasiga nuqta qo‘yildi.

Ushbu bahsga parallel ravishda bo‘lib o‘tgan Avstraliya – Peru (0:2) o‘yinini ham qo‘shib hisoblaganda, nursiz durang natija kuzatilmagan o‘yinlar zanjiri 38ta uchrashuvdan iborat bo‘ldi.

Qayd etish joiz, 23 iyun kuni JCh-2018ning 27-o‘yinida uzluksiz tarzda golsiz yakunlanayotgan uchrashuvlar soni bo‘yicha mundiallar rekordi o‘rnatilgandi. Bundan avval JCh-1954ning ketma-ket 26ta bahsida 0:0 hisobi kuzatilmagan.

Mavzuga oid