Jahon | 22:19 / 28.06.2018
4670
1 daqiqa o‘qiladi

Keniya poytaxtidagi yong‘inda 15 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP

Keniya poytaxti Nayrobidagi yirik bozorlardan biriga o‘t ketishi oqibatida 15 kishi halok bo‘ldi, 70 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy OAVga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi xabar berdi.

Shifokorlar qurbonlar soni oshishi mumkinligini aytishmoqda. Associated Press axborot agentligining ma'lum qilishicha, yong‘in bozordagi do‘konlardan birida boshlanib, tezda butun bozorga yoyilgan. Fojia sababi hali o‘rnatilmagan. 

Ta'kidlanishicha, 2017 yilda ham ushbu bozorda yong‘in sodir bo‘lgan.

Mavzuga oid