30 yoshgacha bo‘lgan harbiy xizmatchilar “Yoshlar kuni” munosabati bilan rag‘batlantirildi
O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov o‘z xizmat majburiyatlarini namunali bajarib kelayotgan Mudofaa vazirligi qo‘shinlaridagi 30 yoshgacha bo‘lgan muddatli harbiy xizmatchilar va kursantlarga 30 iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Minnatdorchilik” e'lon qilish to‘g‘risidagi buyruqni imzoladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shuningdek, Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan ofitserlar, serjantlar va oddiy askarlar tarkibidan bo‘lgan harbiy xizmatchilar pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
30 yoshgacha bo‘lgan Qurolli Kuchlar ishchi va xizmatchilari ham pul mukofoti bilan o‘rnatilgan tartibda mukofotlanadi.
Mudofaa vazirligi harbiy qism va muassasalarda 30 iyun – Yoshlar kuni “Yoshlar – O‘zbekiston kelajagi” shiori ostida hamda yosh harbiy xizmatchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillarining faol ishtirokida turli ma'naviy-ma'rifiy va sport tadbirlari, tanlov va musobaqalar, yoshlar sayli va aksiyalari, ekskursiya va madaniy tadbirlar tashkil etiladi.
“Yoshlar kuni” O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 25 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi yoshlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq “30 iyun – Yoshlar kuni” etib belgilangan.
Mavzuga oid
18:23 / 07.11.2024
Chaqiriqqacha boshlang‘ich tayyorgarlik o‘qituvchisi shtati Mudofaa vazirligiga o‘tadi
17:54 / 31.08.2024
Markaziy harbiy okrugda zirhli va maxsus harbiy texnikalarni ta’mirlash yo‘lga qo‘yildi
21:42 / 20.08.2024
Rossiya Mudofaa vazirligi «Belgorod», «Bryansk» va «Kursk» qo‘shin guruhlarini tashkil etdi
19:56 / 27.06.2024