Iqtisodiyot | 18:34 / 29.06.2018
17083
1 daqiqa o‘qiladi

JCh-2018ning Rossiya YaIM o‘sishidagi ulushi qanchani tashkil etishi ma'lum qilindi

Foto: MLADEN ANTONOV/AFP/GETTY IMAGES

Joriy yil ikkinchi kvartalida JCh-2018ning Rossiya yalpi ichki mahsulotining yillik o‘sishidagi ulushi 0,1-0,2 foizni tashkil etishi mumkin. Bu haqda Rossiya Markaziy banki e'lon qilgan hisobotda aytib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, iyun oyida chop etilgan pul-kredit siyosati to‘g‘risidagi hisobotda ushbu faktor ham inobatga olingan. Ushbu hisobotga ko‘ra, Markaziy bank yilning ikkinchi va uchinchi kvartallarida Rossiya YaIMning 1,1 – 1,6 foiz diapazon oralig‘ida o‘sishini kutmoqda.

14 iyundan 15 iyulga qadar davom etadigan Jahon chempionatiga Rossiyaning 11ta shahri mezbonlik qilmoqda.

Mavzuga oid