Jamiyat | 01:58 / 30.06.2018
11116
2 daqiqa o‘qiladi

Xorazmda velopatrullar faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Xorazm viloyati ichki ishlar organlari tizimida velosipedli patrullik guruhlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Bu haqda Xorazm viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xorazm viloyatida jamoat tartibini saqlash, fuqarolarning xavfsizligini ta'minlash, hududlarda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlarni yanada takomillashtirish maqsadida, Xorazm viloyati IIB patrul-post xizmati bataloni tarkibida velosipedli patrullik guruhlarining faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Velosipedda patrullik qilish ichki ishlar xodimlari uchun tungi paytlarda, ko‘p qavatli uylarning oldida harakatlanishda ortiqcha shovqin chiqarmasligi, shuningdek yo‘lakchalardan harakatlanish imkoniyatining mavjudligi bilan qulaylik yaratmoqda.

Bundan tashqari ilgari piyoda patrullikni amalga oshirib kelgan xodimlar velosipedli patrullik guruhlariga aylantirilishi natijasida ularning xizmat hududlarini kengaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Patrul-post xizmati logotipi tushirilgan ushbu velosipedlar xodimlarning ish qurollari va birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan dori-darmonlar uchun mo‘ljallangan maxsus quticha bilan jihozlangan.

Mavzuga oid