Poytaxt aholisi va Toshkent IIBB uysizlarga yordam bermoqda
Toshkent shahar IIBB aholidan boshpanasiz qolgan shaxslarga yordam ko‘rsatishni so‘ragani haqida xabar berilgan edi. Unda ma'lum bir yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga mo‘ljallangan Reabilitatsiya markazi ayollar va erkaklar kiyim-kechaklarini qabul qilishi qayd etilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni damda markazga bee'tibor bo‘lmagan odamlardan ko‘p murojaatlar kelib tushmoqda, ular markazdagi kishilarga qanday yordam ko‘rsatishlari mumkinligiga qiziqishmoqda.
Poytaxt IIBBda uy-joysiz qolgan kishilar normal hayot tarziga qaytishlari uchun har tomonlama yordam zarurligini ta'kidlashmoqda. Bunda ularga ishga joylashishda ko‘maklashish, ularni ma'nan va ruhan qo‘llab-quvvatlash ko‘zda tutiladi.
Markazda madaniy-ommaviy tadbirlar - konsertlar, adabiyot kechalari, kichik spektakllar, shuningdek psixologik treninglar o‘tkazishga ishtiyoqmand kishilar bo‘lsa, Toshkent shahri IIBB bunday imkoniyatni taqdim etishdan xursand bo‘lar edi, deyiladi xabarda.
Reabilitatsiya markazi shuningdek bu yerdagi kishilar uchun kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, gigiyena vositalari (sovun, shampun, kir yuvish kukuni, tish pastasi va cho‘tkalar, taroqlar, sochiqlar), ko‘ngilochar o‘yinlarni tashkil qilish uchun stol o‘yinlari, kitoblar kabilarni qabul qiladi.
Markaz faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va boshpanasizlarga yordam ko‘rsatish istagingiz bo‘lsa, quyidagi raqamlarga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin:
366 01 01 (Markaz rahbari Odil Botirov);
290 04 75 (Markaz rahbari o‘rinbosari Shuhrat Baratov).
Markaz manzili: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Chashma ko‘chasi, 3.
Mavzuga oid
18:26 / 16.09.2024
IIBning sharmandali “rezultat”i hamda “yasalgan” jinoyat: xasta va himoyasiz ayol qamoqqa tashlandi
12:08 / 12.09.2024
Surxondaryoda inspektorni haqoratlab, pogonini yulgan mayorga tanbeh berildi
14:17 / 27.08.2024
Farg‘onada ochiqcha reyderlik – IIB fuqaroning tortib olingan mulkini qaytarib olib berolmayapti
23:10 / 14.08.2024