Iqtisodiyot | 17:59 / 02.07.2018
42548
1 daqiqa o‘qiladi

«5 foizlik soliq - eng qo‘rqinchli soliq bo‘lgan». Yangi konsepsiya haqida fikrlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktori o‘rinbosari Go‘zal Islomovaning fikricha, daromad aylanmasining 5 foizi miqdorida soliq to‘lash - eng qo‘rqinchli soliq bo‘lgan. Islomova bu haqda 2 iyul kuni yangi soliq islohotlari muhokamasiga bag‘ishlangan anjumanda shunday deydi.

Foto: Xalqaro press-klub

«​Mutaxassislar ta'kidlagan, daromad aylanmasining 5 foizi miqdorida soliq to‘lash - eng qo‘rqinchli soliq bo‘lgan. Bu eng samarasiz soliq. U endi yo‘q. Daromad va dividendlardan olinadigan soliq stavkalari pasaytiriladi. Bu katta qadam»​, deb baholaydi u yangi soliq konsepsiyasi haqida gapirib.

O‘zbekistonda [soliq konsepsiyasi] hujjatining qabul qilinishi ilk marta hukumat, davlat organlari va vazirliklarning tadbirkorlar bilan yaqindan hamkorlikda ish olib borganidan darak beradi, deya fikr bildirgan Go‘zal Islomova.

Mavzuga oid