O‘zbekiston | 15:10 / 02.07.2018
56487
2 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi uzluksiz tushishda davom etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 2018 yil 3 iyuldan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 25,39 so‘mga arzonlagan va 1 dollar 7846 so‘mu 27 tiyinga teng bo‘lib turibdi. 

Yevro kursi esa 7,62 so‘mga pasayib, 9166.80  so‘mni tashkil qilgan. 1 Rossiya rubli kursi 0,04 so‘mga arzonlab, 125.06 so‘m bo‘lib turibdi.

1 AQSh dollari 7846,27
1 YeVRO 9166,80
1 Rossiya rubli 125,06
1 Angliya funt sterlingi 10362,57
1 Yaponiya iyenasi 70,90
1 Janubiy Koreya voni 7,04
1 Kuvayt dinori 25948,38
1 Malayziya ringgiti 1943,11
1 Kanada dollari 5976,83
1 Xitoy yuani 1185,76
1 Singapur dollari 5758,31
1 Shveytsariya franki 7923,92
1 BAA dirhami 2136,32
1 Misr funti 439,81
1 Avstraliya dollari 5807,81
1 Turkiya lirasi 1710,84
1 SDR 11036,33
1 Ukraina grivnasi 298,45
1 Polsha zlotiysi 2096,98

Eslatib o‘tamiz, fevral oyi boshida 8200 so‘mga yaqinlashgan dollar kursi, keyingi haftalar davomida kurs uzluksiz arzonlay boshladi.

Ma'lumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid