Dragon yuk kemasi Xalqaro koinot stansiyasi bilan tutashdi
29 iyunda SpaceX kompaniyasi tomonidan Xalqaro koinot stansiyasi tomon uchirilgan Dragon yuk kemasi 2 iyulda XKS bilan muvaffaqiyatli tutashdi.
XKSning tvitterda ma'lum qilishicha, stansiya Toshkent vaqti bilan soat 16da Canadarm2 qo‘l-manipulyatori yordamida kemani ushlab olgan va 3 soat o‘tgach kema stansiyaning Harmony moduliga tutashgan.
Kema XKSga 2,7 tonna yuk, jumladan oziq-ovqat, tajribalar uchun materiallar yetkazgan. Yuk orasida koinotni tadqiq qilishga mo‘ljallangan interaktiv mobil yordamchi CIMON ham bor.
Ayni vaqtda SpaceX Dragon kemasining XKSga yangi ekipajlarni yetkaza oladigan boshqariluvchi versiyasini yaratish ustida ish olib bormoqda. Ushbu kemaning odamlarsiz ilk parvozi joriy avgustda, odamlar bilan esa dekabrda amalga oshirilishi kutilmoqda. Ta'kidlanishicha, kema kapsulasida bir vaqtning o‘zida 7 fazogir joylashishi mumkin.
Mavzuga oid
17:29 / 15.10.2024
XKS uchun o‘rinbosar: AQSh kompaniyasi yangi kosmik stansiya loyihasini taqdim etdi
16:15 / 12.09.2024
«Soyuz MS-26» kemasining Rossiya va AQShdan bo‘lgan ekipaji XKSga yetib bordi
14:22 / 28.06.2024
SpaceX XKSni orbitadan olib chiqish uchun apparat quradi
08:40 / 07.06.2024