Keyingi 48 yildagi eng katta kambek. Yaponiyaga Belgiya ham achindi
Yaponiya terma jamoasi 2:0 hisobidagi ustunlikni 20 daqiqa ichida boy berdi, uchinchi gol esa hakam hushtagi yangrashi arafasida urildi. Bu vaqtda belgiyaliklarning o‘zi ham qo‘shimcha bo‘limlarga tayyorlanayotgandi, ammo yaponlar Polshaga qarshi o‘yin oxiridagi sharmandalikni oqlash uchun (o‘sha o‘yinda yaponlar oxirgi 15 daqiqa mobaynida vaqt cho‘zish bilan band bo‘lib, umuman oldinga chiqishmagandi), qo‘shib berilgan daqiqalar yakunlanayotganida burchak zarbasini amalga oshirish uchun butun jamoa bo‘lib oldinga borishgandi.
Qarshi hujumda belgiyaliklar gol urib, g‘alabani ilib ketgach, Yaponiya keyingi 48 yil ichida JCh pley-offlarida ikki gol ustunligini boy berib, yutqazgan ilk terma jamoa bo‘ldi.
Shodlining hal qiluvchi golidan keyin yaponlar maydonga qulay boshlashdi.
Belgiyaliklar g‘alabani nishonlab bo‘lishganida ham yaponlar gazonda yotardilar.
Ular o‘z jabrlanuvchilarini ovutishga kirishdi.
Yaponiya o‘zining oxirgi 5 jahon chempionatida uchinchi marta nimchorak finaldan ortga qaytmoqda. Darvozabon Eydzi Kavasima 2010 yilgi jahon chempionatini unutmagan, o‘shanda yaponlar penaltilar seriyasida Paragvayga mag‘lub bo‘lishgandi.
2002 yili ham yaponlar pley-offga chiqqan va Turkiyaga minimal hisobda yutqazishgandi. Yaponiya jahon chempionatida hech qachon 1/8 finaldan nariga o‘ta olmagan.
2018 yilgi jahon chempionati esa ular uchun yanada shafqatsiz bo‘ldi.
Gazondan turgan yaponiyalik futbolchilar muxlislari qarshisiga kelib uzr so‘rashdi.
Endi jahon chempionatida bunday muxlislarni ko‘rmaymiz.
Bu fanatlar har doimgidek o‘yindan keyin Rostovdagi stadionni tozalab qo‘yishdi.
Mavzuga oid
18:54 / 10.12.2019
JCh-2018 mezbonligi korrupsiya orqali qo‘lga kiritilgan bo‘lishi mumkin
08:19 / 04.12.2018
Infantino G20 ishtirokchilariga JCh-2018 to‘plarini sovg‘a qildi
12:53 / 09.11.2018
Ronalduning het-trigi - eng yoqimli xotira. JCh-2018ning eng esda qolarli lahzalari aniqlandi
01:41 / 25.09.2018