Samarqandda «Shahar haftaligi» festivali bo‘lib o‘tmoqda
Samarqand shahrida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida 29 iyundan 4 iyulga qadar «Shahar haftaligi» festivali bo‘lib o‘tmoqda. Festival doirasida mamlakatimiz aholisi va xorijlik sayyohlarda qiziqish uyg‘otish maqsadida madaniy-ko‘ngilochar dasturlar namoyish etilmoqda.
Shu maqsadda Registon maydonidagi Sherdor madrasasida brifing bo‘lib o‘tdi. Brifingda viloyat hokimining turizm masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.Voseyev chiqish qildi va festival maqsadlarini bayon etdi. Maydonda «Samarqand sadolari» maqom ansamblining konserti namoyish etildi.
Registon maydonida respublika aeronavtika markazi vakillari ikkita havo sharini to‘ldirib, shahardagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini uchirishdi.
Keyingi kunlarda shahardagi «Hunarmand» markazida shahar hunarmandlari ishtirokida master-klass o‘tkazildi. Festival kunlari «Tungi bozor» tashkil etilib, shahar aholisi va mehmonlari uchun tungi soat 12 gacha bozorlar faoliyat ko‘rsatib turdi. Shuningdek, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish uchun velosiped turi tashkillashtirildi.
3 iyul kuni «Muzeylar kuni» o‘tkazildi. Imtiyozli ravishda shahardagi tarixiy, madaniy va ma'naviy meros maskanlariga ziyoratlar uyushtirildi.
«Shahar haftaligi» festivalini 4 iyul kuni katta konsert dasturi bilan nihoyalash nazarda tutilgan.
O‘z muxbirimiz.
Mavzuga oid
09:54 / 20.09.2024
Samarqandda qizlarni O‘mon davlatiga fohishalikka jo‘natgan ayollarga sud hukmi o‘qildi
12:16 / 14.09.2024
Samarqandda OIIB boshqaruvchilar kengashi yillik yig‘ilishi o‘tkaziladi
17:12 / 13.09.2024
Samarqandda maktabda qarta o‘ynagan direktor ishdan olindi
22:29 / 12.09.2024