Sport | 11:16 / 05.07.2018
126650
2 daqiqa o‘qiladi

Ravshan Ermatov guruhi nega JCh-2018 o‘yinlarini boshqarmasligi ma'lum qilindi

Ravshan Ermatov boshchiligidagi o‘zbekistonlik hakamlar guruhi JCh-2018 o‘yinlariga boshqa tayinlanmaydigan bo‘ldi.

Nega FIFA Ermatov guruhini qolgan o‘yinlarni boshqarishi mumkin bo‘lgan hakamlar ro‘yxatiga kiritmagani ma'lum qilindi.

«Futbolium» telegram kanalining xabariga ko‘ra, Ermatovning yordamchilaridan biri Abduhamidullo Rasulov oyog‘idan jarohat olgan va 2ta o‘yinda ham tuzalmagan jarohati bilan ishlagan. Hakamlar qo‘mitasi Rasulovning tuzalib ketishini kutgan, biroq, u tiklanib ololmagan. Shu tariqa, Ermatov guruhining ro‘yxatga kiritilmasligi bosh hakamning hakamlik saviyasi bilan emas, balki yordamchisining jarohati bilan bog‘liq, deyilmoqda.

Manba bu ma'lumotni Ermatovning o‘zidan olganini ta'kidlamoqda. 

Ko‘pchilikda savol tug‘ilishi mumkin: Ermatovga boshqa yordamchi hakam berish mumkin emasmidi? Yo‘q. FIFA hakamlarning doimiy brigada bo‘lib ishlash prinsipiga sodiq qoladi. Uchala hakamning bir-birini tushunishi, qalin munosabat o‘rnatganligi tashkilot uchun eng muhim masala.

Mavzuga oid