Deputat Kattaqo‘rg‘on shahri rahbariyatidan iste'fo talab qildi
«Adolat» partiyasi vakili, O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Qodir Jo‘rayev Kattaqo‘rg‘onda yuz bergan voqeaga keskin munosabat bildirdi. Uning fikricha shahar rahbarlari iste'fo berishi — «eng oqilona yo‘l» bo‘ladi.
«Iste'fo berish — shahar rahbarlari uchun eng oqilona yo‘l! Kattaqo‘rg‘on shahridagi mudhish hodisa faqat bir kishining aybi bilan sodir bo‘lmagan. Bunga shahardagi butun boshli tizim aybdor! Shunday vaziyatda shahar IIB boshlig‘i va shahar prokurori hamma aybni o‘z zimmalariga olib, iste'fo bersa, maqsadga muvofiq bo‘lardi.
Nima uchun deysizmi? Shahar ahlining ishonchini oqlamaganliklari uchun; davlatimizning hozirgi siyosati mazmun-mohiyatini xodimlarga tushuntirib berolmaganliklari va ular ustidan nazoratni qo‘ldan boy berganliklari uchun; Prezidentimizning topshiriqlari so‘zsiz bajarilishini ta'minlab bermaganliklari uchun; eng yomoni — millatimiz kelajagi bo‘lmish ayol zotining tahqirlanishiga yo‘l qo‘yib berganliklari uchun!», deya yozgan deputat feysbukdagi sahifasida.
Bundan oldinroq Oliy Majlis Qonunchilik palatasining boshqa bir deputati Rasul Kusherbayev voqeaga munosabat bildirgandi: «Ular o‘g‘ri deb gumon qilingan ayolni emas, butun boshli millatni, xalqni, davlatni yechintiribdilar. Qonunlarimizni, orimizni, erkak degan nomimizni oyoqosti qilibdilar».
Mavzuga oid
10:13 / 01.08.2024
Kattaqo‘rg‘onda Nexia urib ketishi oqibatida erkak va uning 4 yoshli qizi halok bo‘ldi
21:38 / 22.05.2024
Kattaqo‘rg‘onda bog‘cha tarbiyalanuvchisi jarohatlandi. Uni boshqa bola tishlab tashlagani aytilmoqda
07:48 / 12.09.2023
Jamshid Nasriddinov Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi
15:57 / 05.09.2023