Tailandda g‘orda qamalib qolgan o‘quvchilarni olib chiqish boshlandi, hozircha 2 bola qutqarildi
Tailandda g‘avvoslar Txam Luang g‘oridan ikki o‘smirni olib chiqishdi. Bu haqda Khaosod xabar tarqatgan.
Qutqarilgan bolalar g‘ordan chiqquncha suv ostida 4 kilometr masofani bosib o‘tishgan.
Maktab futbol jamoasining o‘quvchilari bo‘lgan 11 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan 12 bola hamda ularning 25 yoshli murabbiylari 23 iyun kuni yo‘qolib qolgandi. 2 iyul kuni ularga tegishli narsalarni Tailand shimolidagi g‘orga kiraverishdan topishdi. Bolalar 9 kunni g‘or ichida ichimlik suvisiz va oziq-ovqatsiz o‘tkazishdi.
O‘smirlar Chiang Ray tog‘ida qoyalar orasida sayr qilish uchun ketgandi. Bu yevropaliklar orasida mashhur bo‘lgan jungli yaqinida joylashgan.
Sayohatni kuchli yomg‘ir bo‘lib qo‘ygan. Taxmin qilinishicha, aynan noqulay ob-havo g‘orni suvga to‘ldirgan va ularga o‘z vaqtida tashqariga chiqishga xalaqit bergan.
Iz aniqlangandan keyingi kunda kuchli yomg‘ir boshlangani uchun g‘orga kirish qiyinlashgan. G‘orning bir qismini sel oqizib ketgan.
Qidiruv va qutqaruv operatsiyalarida Tailand maxsus xizmatlari, AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy qutqaruvchilari ishtirok etmoqda.
Qutqarish operatsiyasining 13-kunida, 6 iyul kuni akvalangchilardan biri halok bo‘lgandi.
Ayni paytda g‘ordagi havo tarkibining o‘zgarishi kislorod tanqisligini keltirib chiqargan.
Mavzuga oid
23:17 / 19.09.2024
Tailandda piton changalida qolib ketgan ayol ikki soatdan keyin qutqarib olindi
10:20 / 13.09.2024
Tailandda kuzatilgan to‘fon oqibatida jabr ko‘rganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q
22:48 / 06.09.2024
Tailandning yangi hukumati siyosiy notinchliklardan keyin qirolga qasamyod keltirdi
23:40 / 01.09.2024