Jahon | 08:12 / 09.07.2018
13183
2 daqiqa o‘qiladi

Oxirgi 50 yil ichida ingliz tilida yozilgan eng yaxshi asar ma'lum qilindi

Foto: The Man Booker Prizes

Maykl Ondatjyening “Ingliz bemori” romani oxirgi 50 yil ichida ingliz tilida yozilgan eng yaxshi asar deb topildi. Asar muallifi “Oltin Buker” mukofoti bilan taqdirlandi, deb xabar berilda Buker mukofoti saytida.

Eng yaxshi kitobni aniqlash uchun umumxalq ovoz berishiga oxirgi 50 yil ichida Buker mukofoti bilan taqdirlangan 5 ta kitob qo‘yilgandi. Ular orasida “Ingliz bemori”dan tashqari, Xilari Mentelning “Bo‘ri zali”, Jorj Sondersning “Bardodagi Linkoln”, Vidiadxar Naypolning “Mustaqil davlatda” va Penelopa Layvlining “Oy yo‘lbarsi” asarlari bo‘lgan.

“Ingliz bemori” Buker mukofotiga 1992 yilda loyiq topilgan. Roman asosida rejissyor Entoni Mingella tomonidan olingan surat 9 ta “Oskar” bilan taqdirlangan. Filmning bunday yuksak baholangani sababli Ondatjye “Oltin Buker” topshirilishi marosimida hozirda marhum bo‘lgan Mingellani “ovoz berish natijasiga o‘z hissasini qo‘shdi”, deb aytgan.

Maykl Ondatjye
Foto: Isabel Infantes/PA

 

Mavzuga oid