Jahon | 18:50 / 10.07.2018
28901
6 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda tovuqlarning kuniga 1 millionta tuxum qo‘yishiga erishishmoqchi

Shimoliy Xitoyda qizil inkubatorlarda kuniga qariyb 400 mingta jo‘ja tuxumdan chiqadi. Bu Xitoyning 37 mlrd. AQSh dollari ajratilgan tuxum sanoatida olib borilgan izchil islohotlarning mevasidir. Xitoyda deyarli barcha mahsulotlar ishlab chiqariladi va bunga sinchkovlik bilan e'tibor beriladi. Aholi yashash joylarida va tovuq fermalarida boqilayotgan tovuqlar miqdorining ko‘payishi ushbu sohada katta muvaffaqiyatni ta'minlab berishi kutilmoqda. Melamin va ta'siri yuqori antibiotik moddalardan tarkib topgan tuxum ko‘payib borayotgan va bu bir qancha noroziliklarni keltirib chiqarayotgan bir paytda yuqorida amalga oshirilayotgan islohot muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. Bu sifatli tuxumga nisbatan talabni oshiradi.

Foto: REUTERS

“Hozirgi paytda mayda fermer bo‘lsangiz, mahsulotni supermarketga yetkazib berolmaysiz”, dedi China-America Commodity Data Analytics tahlilchisi Yuan Song.

O‘g‘it bilan bog‘liq munosabatlarda qat'iy intizomlarning joriy etilishi hamda atrof-muhit ta'sirining kamaytirilishi mayda fermerlarni tang ahvolga solmoqda. Hozir aksariyat tovuq boquvchilarda 20-50 mingta tovuq bor. Qolgan 10 ming dona parranda mahalliy hukumatlar yirik ishlab chiqaruvchilarga yordam bergani uchun so‘yib yuborilishi mumkin.

Dunyoning eng yirik tuxum sanoati grafigi shu yerda aks etgan:

Innovatsion tuxum ochirish

Bu kabi olamshumul o‘zgarishlar Pekin janubi-g‘arbidan 400 km uzoqlikda joylashgan Xandan provinsiyasidagi tuxum sanoatiga 150 mln. yuan (22.6 mln AQSh dollari) sarmoya ajratilishiga sabab bo‘ldi. Xitoyning  Huayu Agricultural Science and Technology Co Ltd va  EW Group’s genetics business Hy-Line International qo‘shma korxonasiga tegishli yuqori avtomatlashtirilgan fabrika dunyoning eng yirik tuxum ochiradigan makoni hisoblanadi. “Kuniga 200 ming moda jo‘jalar yoki bir yilda taxminan 60 mln.ni yetishtirish orqali yirik fermalardan bir kunlik jo‘jalarga bo‘lgan talabni oshirishi mumkin. Bu bioxavfsizlikka erishishning eng maqbul yo‘lidir”, dedi Hy-Line International prezidenti Jonatan Keyd. Fermada bir xil yoshdagi qushlar bo‘lishi kasallik tarqalishi xavfini kamaytiradi.

So‘nggi avlod texnologiyalarining mahsuldorlik oshishida xizmati katta. Soatiga 60 ming tuxumni tutib turadigan avtomatik qurilma tuxumni inkubatorga yetmasidan oldin mos keluvchi ikki o‘lchamga ajratadi. Inkubator tuxumni standart shaklga aylantiradi va u yerda bir xil shakldagi jo‘jalar dunyoga keladi. Tuxum ochganidan so‘ng urg‘ochi jo‘jalar avomatlashtirilgan bik-kliping uskunasiga yuboriladi. Jarayon 3500 soatni o‘z ichiga oladi.

“Huayu kompaniyasining eski fermalarida 100 nafar xodim bo‘lgan bo‘lsa, yangi innovatsion fermaga atigi 20 ta ishchi yetadi”, dedi Huayu raisi Vang Lianzeng.

Kuchli raqobat va kasallik

Yirik hajmli o‘sish kuzatilmaydigan sanoatda samaradorlik katta ahamiyat kasb etadi. Xitoyliklar boshqa mamlakat aholisidan ko‘proq tuxum iste'mol qilishi kunday ravshan. Ko‘rsatkich yilda 280 yoki mamlakat bo‘ylab bir kunda bir milliardni tashkil etadi. Huayu kabi kompaniyalar boshqalardan aksiyalarni olish evaziga rivojlanishga harakat qilyapti. Xandandagi fermadan tashqari yana Chongqingda ham yangi filial ochilishi kutilmoqda va u yiliga 180 mln. dona jo‘ja yetishtirib beradi. China Animal Agriculture Association ma'lumotiga ko‘ra, qatlam inventari narxi o‘tgan yili 1.2 mlrd. atrofida bo‘lgan.

Foto: REUTERS

“Huayu nasldorlik qatlamiga e'tibor bermoqda va Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrikada shunaqa fermalar tashkil etmoqda”, dedi rais Vang.

Sanoat miqyosidagi sharoitlar kasallik xavfini oshiryapti. Yuzlab odamlar parranda gripi tufayli vafot etganidan so‘ng narx-navo, tuxum va parranda go‘shtiga bo‘lgan talab tushib ketdi, shunga qaramasdan kasallik parrandalarga unchalik zarar keltirmadi. Bu katta kompaniyalarning kengayishiga, boshqalarining kasodga uchrashiga imkoniyat yaratgan bo‘lishiga qaramasdan kasallik epidemiyasi darajasini sezilarli oshirib yubordi. Huayu’ning o‘zi Mycoplasma synoviae (MS) kasalligi sababli ko‘plab parrandalarning qirilib ketishi oqibatida epidemiyalardan aziyat chekdi va mahsuldorlikni tushirishi mumkin. Vangning aytishicha, yangi tug‘ilgan jo‘jalarni asrash maqsadida mukammal ventilyatsiya va atrof-muhit nazorati yo‘lga qo‘yilgan yangi fermada bioxavfsizlik asosiy afzallik hisoblanadi. Shuningdek, dezinfeksiya va ishchilar gigiyenasi qat'iy nazorat ostiga olinganini, jo‘jalarni boqishda bioxavfsizlikning yuqori standartlarga ega xavfsiz muhiti eng muhim omil ekanligini ham qo‘shib qo‘ydi.

“Ishlab chiqarishdagi bosimlar bilan hayvonlarni asrash masalasida ustunlikka erisholmaymiz”, dedi Compassion in World Farming (CIWF)ning Xitoydagi vakili Jyef Tsou. Ba'zi kompaniyalar ko‘ngilli ravishda hayvonlarni asrash borasida bir qancha tadbirlarni amalga oshirganligiga qaramasdan mamlakatda aniq me'yoriy hujjat mavjud emas.

Mavzuga oid