Jahon | 07:24 / 11.07.2018
8161
1 daqiqa o‘qiladi
Pokistonda terrorchi hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi
Pokistonning Peshavor shahrida terrorchi-xudkushning hujumi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi jarohat oldi. Bu haqda Pakistan Today nashri ma'lum qildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, terrorchi hujumni Avami milliy partiyasi yig‘ilishi vaqtida sodir etgan. Qurbonlar orasida partiya yetakchisi Xarun Bilur va uning o‘g‘li Doniyol Bilur bor.
Yaralanganlar shifoxonaga yetkazilgan. Ulardan ba'zilarining ahvoli o‘ta og‘ir.
Mamlakatda harakat qiluvchi birorta terrorchi tuzilma ushbu hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024
O‘zbekiston oziq-ovqat mahsulotlari Pokiston bozoriga olib kiriladi
13:48 / 18.12.2024