Fan-texnika | 23:19 / 11.07.2018
14959
1 daqiqa o‘qiladi
WhatsApp’da yangi funksiya paydo bo‘ldi
WhatsApp messenjerida yolg‘on xabarlarga qarshi yangi funksiya kiritildi.
Messenjerning oxirgi versiyasida xabarni jo‘natuvchi kimligini bilish imkonini beruvchi “yuborilgan xabar” belgisi paydo bo‘ladi.
“Shu belgi evaziga sizga yuborilgan xabar haqiqatan do‘stingiz yoki yaqiningiz tomondan yozilgani yoki sizga boshqa odam yozgan xabarni jo‘natishganini bila olasiz”, deyilgan messenjer saytidagi xabarda.
Kompaniya xabarlaringizni jo‘natishda ehtiyotkor bo‘lishga chaqirgan. WhatsApp’da ta'kidlanishicha, nomaqbul kontaktni bloklash mumkin.
Mavzuga oid
20:00 / 19.08.2024
Yaqinlaringizga qachon oxirgi marta qo‘ng‘iroq qildingiz?
22:46 / 19.07.2024
Telegram firibgarlarga qarshi choralarni joriy qiladi
10:53 / 25.05.2024
VK 26 iyundan boshlab ICQ messenjeri ishi to‘xtatilishini e’lon qildi
10:21 / 04.04.2024