NATO sammitida kuchlar tayyorligi oshirilishi tashabbusi tasdiqlandi
NATO sammitida kuchlar tayyorligi oshirilishi va ikkita yangi qo‘mondonlik tashkil etilishi tashabbusi tasdiqlandi. Bu haqda NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg ma'lum qildi.
“Biz kuchlar tayyorligini ta'minlashning “4 dan 30 gacha” tashabbusi bo‘yicha kelishib oldik. Bu tashabbus 2020 yilgacha 30 kun yoki undan kamroq vaqt davomida qo‘llashga tayyor bo‘lgan, 30 ta mexanizatsiyalashgan batalon, 30 aviatsiya eskadrilyasi va 30 ta jangovar kema tarkibida tezkor eshelon shakllantirilishini ko‘zda tutadi”, deb aytgan Stoltenberg NATO yig‘ilishi yakunlariga ko‘ra jurnalistlarga.
Uning aytishicha, NATO harbiy boshqaruvi organlari tuzilmasini jiddiy yangilash qarori qabul qilingan. U 1200 kishidan ko‘proq shaxsiy tarkib va NATOning Atlantika (Norfolkdagi qo‘mondonlik, AQSh, Virjiniya shtati) va Yevropadagi (Ulm, Germaniya) kuchlarining tez tashlanishini ta'minlash uchun ikkita yangi qo‘mondonlik tuzilmasini tashkil etishni o‘z ichiga oladi.
Mavzuga oid
20:43 / 12.11.2024
NATO bosh kotibi Ukrainadagi mojaro «trayektoriyasini» o‘zgartirishga chaqirdi
16:07 / 12.11.2024
Greenpeace: NATO harbiy jihatdan Rossiyadan sezilarli darajada ustundir
01:18 / 10.11.2024
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
10:09 / 09.11.2024