Birinchi yarim yillikda qancha yangi kichik korxona tashkil etilgani ma'lum qilindi
O‘zbekistonda 2018 yilning yanvar – iyun oylarida 25,9 mingta yangi kichik korxona va mikrofirma (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi. O‘zA xabarida aytilishcha, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 8,6 foizga ko‘pdir.
Eng ko‘p kichik korxona va mikrofirmalar savdo sohasida (23,2 foiz), sanoat tarmog‘ida (22,0 foiz), qurilish tarmog‘ida (12,7 foiz), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (12,4 foiz), yashash va ovqatlanishda (7,7 foiz), tashish va saqlashda (3,9 foiz) tashkil etilgan.
Hisobot davrida kichik tadbirkorlik sub'yektlarining soni (har 1000 aholiga, birlikda) hududlar bo‘yicha eng ko‘p ko‘rsatkich Toshkent shahrida – 22,5, Sirdaryo viloyatida – 17,9, Jizzax viloyatida – 16,4, Toshkent viloyatida – 15,0, Navoiy viloyatida – 13,3 va Qashqadaryo viloyatida 13,2 birlikda bo‘lib, o‘rtacha ko‘rsatkich 10-13 birlik oralig‘ida Buxoro, Andijon, Xorazm, Farg‘ona, Qoraqalpog‘iston Respublikasida va Samarqand viloyatlarida aniqlandi. Namangan viloyatida 9,9 va Surxandaryo viloyatida 9,0 birlikda ushbu ko‘rsatkich past bo‘lib qolmoqda.
Mavzuga oid
13:31 / 19.11.2024
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma korxonalarni ko‘paytirishni muhokama qilyapti
13:16 / 16.11.2024
5 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan korxona aniqlandi
10:48 / 08.11.2024
Mikrofirmalar uchun qat’iy belgilangan aylanmadan soliq stavkasi bekor qilinishi mumkin
08:08 / 07.11.2024