Qirg‘izistondagi festivalda burgut qizchaga hujum qildi (video)
O‘tgan dam olish kunlari Qirg‘izistonning Issiq-ko‘li bo‘yida “Teskey jeek” etnofestivali bo‘lib o‘tdi va unda otlarda burgutlar qo‘llangan holda ov qilishning o‘ziga xos jihatlari namoyish qilingan. Festival davomida burgutning qizchaga hujum qilishi bilan bog‘liq noxush voqea yuz berdi.
8 yoshli Aziza ismli qizcha noma'lum sabablarga ko‘ra yirtqich qushlar bilan ko‘rgazmali chiqishlar o‘tkazilayotgan maydonga chiqib ketgan. U to‘siqdan oshib o‘tib, sayyohlar tomon yugurgan. Shunda burgut unga hujum qilib, uni tirnay boshlagan. Festival ishtirokchilari qizcha yoniga yugurib borib, uni burgutning panjalari orasidan chiqarib olishgan.
Ta'kidlanishicha, qizcha shifoxonaga olib borilgan, uning jarohatlariga chok solingan va so‘ngra uyiga jo‘natib yuborilgan.
Issiq-ko‘ldagi etnofestivalda Markaziy Osiyo ko‘chmanchi xalqlari o‘yinlari, hunarmandlar ishlari, qirg‘iz milliy ovi – salbuurun unsurlari va qadimiy turar-joylar namoyish qilinadi.
Mavzuga oid
17:21 / 06.11.2024
Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida 8 ta hujjat imzolandi
21:34 / 05.11.2024
Qirg‘izistonlik ayollar 10 nafargacha farzand ko‘rishga chaqirildi
19:40 / 05.11.2024
O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi 3 ta chegara bojxona postlarida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi
18:09 / 05.11.2024