O‘zbekiston | 17:10 / 17.07.2018
86525
2 daqiqa o‘qiladi

«Qorabozor»dagi valyutfurushlar faoliyatiga chek qo‘yildimi?

2017 yil sentabr oyidan O‘zbekistonda valyuta konvertatsiyasi yo‘lga qo‘yildi. Mamlakat huquq-tartibot tizimlariga “qorabozor”ni yo‘q qilish bo‘yicha jiddiy topshiriqlar berildi. Respublikada faoliyat yurituvchi barcha tijorat banklariga valyuta konvertatsiyasi bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishda qator yengilliklar taqdim etildi.

Xo‘sh, bu o‘z samarasini bermoqdami? Yo‘q, deyishga asoslar bor. Ma'lum va mashhur Urgut savdo kompleksida birorta tijorat bankining valyuta ayirboshlash shoxobchasi yo‘q. 

Carroflar-valyutafurushlar esa erkin faoliyat ko‘rsatmoqda. Ammo faqat shu bozorda bunday holatga duch kelasiz, deyish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Samarqandning sayyohlar orasida mashhur Siyob bozorida fuqarolar uchun qulay joyda valyuta ayirboshlash shoxobchasini topa olmadik. Bu yerda ham sarroflar mushkulingizni oson qilmoqda.

Afsuski, poytaxt Toshkentda ham shu ahvol. Chorsu, Farxod bozori va boshqa yirik bozorlarda bunga guvoh bo‘lish mumkin. Sarroflar qo‘llarida pul bilan bemalol yurishadi. 

Bunga qanday chek qo‘yish mumkin? Nahotki, huquq-tartibot idoralari ko‘rmayotgan bo‘lsa? Balki valyutafurushlarni ham soliq bazasiga qo‘shish uchun ularga litsenziya berish kerakdir?

Mavzuga oid