E-VISA: Uch kun ichida elektron viza so‘rab murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 400 nafarga yaqinlashdi
O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan xorij fuqarolari soni 18 iyul holatiga ko‘ra 366 nafarni tashkil qilgan. KUN.UZ muxbiri Bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov bergan ma'lumotlarga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Dunyoning 33 mamlakatida yashovchi 366 kishi O‘zbekistonga kirish elektron vizasini olish uchun murojaat qilgan, ulardan 257 nafarini - erkaklar, qolgan 109 nafarini esa ayollar tashkil qiladi.
E-VISA uchun murojaatchilar orasida eng faollari AQSh (57 nafar), Xitoy (56), Buyuk Britaniya (45), Polsha (32), Fransiya (26) va Hindiston (25) fuqarolaridir. Shu bilan birga, Ispaniya (15), Germaniya (13), Kanada (12), Italiya (11), Niderlandiya (10), Vengriya (8), Avstraliya (6), Portugaliya (6), Belgiya (5), Shveytsariya (5), Irlandiya (5) va boshqa mamlakatlar fuqarolaridan ham qator murojaatlar kelib tushgan.
Murojaat qilgan xorij fuqarolarining 131 nafariga E-VISA berilgan, 235 nafar kishining murojaati tekshiruv jarayonida.
Ta'kidlash joizki, O‘zbekistonda 15 iyul kunidan boshlab xorijlik fuqarolarga respublikada turistik maqsadlarda bo‘lish uchun elektron kirish vizalarini rasmiylashtirish ishlari boshlangan.
Elektron viza xorij fuqarosiga 30 kun muddatga O‘zbekiston hududida bo‘lish huquqini beradi va bu viza taqdim etilgan kundan boshlab 90 kun muddat ichida amal qiladi. Berilgan elektron viza xorij fuqarosining «e-visa.gov.uz» portaliga qilgan murojaatida ko‘rsatilgan elektron manzilga jo‘natiladi.
Elektron vizani rasmiylashtirish uchun murojaat berish O‘zbekiston Respublikasiga kelish sanasidan uch ish kunidan kam bo‘lmagan muddatda amalga oshiriladi.
Elektron kirish vizasini olish murojaatini ko‘rib chiqish uchun konsullik yig‘imi hajmi 20 AQSh dollarini tashkil etadi.
Mavzuga oid
13:58 / 31.10.2024
O‘zbekistonda ko‘proq qaysi davlat fuqarolari tahsil olayotgani ma’lum qilindi
10:50 / 31.10.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasidagi top 10 davlatlar ma’lum qilindi
08:10 / 29.10.2024
O‘zbekistonda o‘rtacha necha yoshda nikoh qurilayotgani aytildi
11:19 / 25.10.2024