O‘zbekiston | 20:06 / 20.07.2018
11594
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrining gerbini ishlab chiqish uchun tanlov e'lon qilindi

Toshkent shahar hokimligi va hokimlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi Toshkent shahrining gerbini ishlab chiqish uchun professional tanlov e'lon qildi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, tanlovda tasviriy san'at, dizayn, grafika, illyustratsiya, reklama va boshqa tegishli faoliyat sohalari bo‘yicha mutaxassislik yoki professional tajribaga ega bo‘lganlar ishtirok etishi mumkin.

Ishtirok etish uchun quyidagilar zarur: 

1. Tanlov to‘g‘risidagi nizom va texnik vazifa bilan tashkent.uz saytida tanishish.
2. Toshkent shahri gerbini ishlab chiqish va g‘oyani ta'riflash.
3. Grafik fayl hamda ta'rif matnini, shuningdek, bog‘lanish uchun ma'lumotlarni gerb@gorod.uz elektron manziliga yuborish. Xat mavzusida «Shahar ramzi (gerbi) tanloviga» deb ko‘rsatilishi zarur.

Ishlarni qabul qilish: 2018 yilning 18 avgust kuni soat 24:00ga qadar.

Yakunlar 2018 yilning 25 avgust kuni sarhisob qilinadi va Toshkent shahar hokimligi saytida ma'lumot beriladi.

Mukofot jamg‘armasi: 10 mln so‘m va tanlov hamkorlaridan qimmatbaho sovg‘alar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, bitta g‘olib, ikkita ikkinchi o‘rin, uchta uchinchi o‘rin sovrindorlari aniqlanadi va ular munosib rag‘batlantiriladi.

Mavzuga oid