YHXB xodimining talabiga bo‘ysunmay unga qo‘l ko‘tarib, avtomashinasida urib ketgan haydovchi ushlandi
Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida 19 iyul kuni viloyat IIB YHXB xodimi leytenant X.P. Nurli mahallasi hududida harakatlanib kelayotgan shu mahallada yashovchi E.M. boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomashinani to‘xtatgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabariga ko‘ra, u avtomashinaga tegishli hujjatlarni so‘ragan vaqtida E.M. xodimning qonuniy talabiga bo‘ysunmay leytenant X.P.ga qo‘l ko‘tarib, so‘ng avtomashinasi bilan urib yuborib, voqea joyidan yashiringan.
Ko‘rilgan choralar natijasida E.M. qo‘lga olingan. Natijada leytenant X.P.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
13:57 / 18.09.2024
Surxondaryoda sodir bo‘lgan YTHda uch nafar sinfdosh yigit halok bo‘ldi
07:29 / 06.09.2024
Surxondaryoda 9400 tup daraxt nobud bo‘lishi mumkin
12:31 / 31.08.2024
Surxondaryoda «Zarchob-1A» kichik GESi ishga tushdi
11:37 / 30.08.2024