Eron g‘arbidagi to‘qnashuvlarda o‘ndan ortiq askar halok bo‘ldi
21 iyul kuni Eronning g‘arbida qurollangan guruh a'zolari hamda harbiylar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan to‘qnashuv natijasida 11 nafar harbiy halok bo‘ldi. Bu haqda Eronning rasmiy «IRNA» axborot agentligi xabar bermoqda.
To‘qnashuv vaqtida jangarilarning bir necha nafari o‘ldirilgan.
Kurdiston provinsiyasi xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i Rizo Mirzoiyning xabar berishicha, Marivan shahrida yuz bergan ushbu to‘qnashuvlarda yana 8 nafar askar jarohatlangan. Shu bilan birga, u qaysi guruh hujum uyushtirganiga aniqlik kiritmagan.
Hozircha birorta guruh hujumga aloqadorlikni o‘z zimmasiga olganicha yo‘q.
Marivan shahrida avval ham eronlik harbiylar hamda Kurdiston ishchi partiyasining (KIP) mintaqadagi qanoti bo‘lmish PEJAK guruhi jangarilari o‘rtasidagi qonli to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan.
Mavzuga oid
22:15 / 21.09.2024
Eron oliy rahnamosi 40 nafar chet el fuqarosini afv etdi
18:21 / 19.09.2024
Do‘stona davlatlar bo‘ylab turne. Shoyguning KXDR, Eron va Suriyaga tashriflari ortida nima bor?
11:10 / 17.09.2024
Toshkent va Xorazmda O‘zbekiston-Eron biznes-forumlari bo‘lib o‘tadi
22:54 / 16.09.2024