Iqtisodiyot | 00:18 / 22.07.2018
51609
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistondagi yer ostki mineral resurslarning umumiy qiymati 5,7 trillion dollarga teng - Qo‘mita

Foto: depositphotos

O‘zbekistondagi mineral resurslar xom ashyosi 5,7 trillion dollarga baholanmoqda. Bu haqda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Azam Qodirxo‘jayev ma'lumot bergan. 

«O‘zbekistonning, hozirgacha, 20 foiz maydoni o‘rganilgan, xolos. Kelajakda yangi va yirik konlarni ochish istiqbollari ham mavjud. Mutaxassislarning fikricha, respublikadagi yer ostki foydali qazilma boyliklari hamda mineral resurslarning umumiy qiymati 5,7 trillion dollarga baholanadi. Shulardan, 1 trillion dollar qiymatga ega boyliklar ayni paytda foydalanishga tayyor konlarda mavjud», – deydi Qodirxo‘jayev. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, foydalanilmay turgan yer ostki boyliklarini ekspluatatsiya qilish uchun berilayotgan litsenziyalar soni oshib bormoqda. Natijada, so‘nggi yillarda qo‘mita 1200dan ortiq shunday litsenziya taqdim etgan.

Mavzuga oid