Jahon | 07:39 / 24.07.2018
3773
1 daqiqa o‘qiladi

Afina yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari 20 kishining hayotiga zomin bo‘ldi 

Foto: AFP

Gretsiya poytaxti Afina yaqinidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi. 

100 dan ko‘proq odam jabrlangan, ulardan 69 nafari shifoxonaga yetkazilgan.

Hanuzgacha yong‘indan qochib dengizga qayiqda chiqqan xorijiy sayyohlar taqdiri noma'lumligicha qolmoqda. Ularni sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati qidirmoqda. Qutqaruv-qidiruv ishlari yong‘in hududida quyuq tutun ko‘tarilgani sababli murakkablashgan. 

Yaqin oradagi hududlarda favqulodda vaziyat tartibi kiritilgan. Ta'kidlanishicha, qarag‘ayzorlar yonmoqda, alanga kuchli shamol sababli tez tarqamoqda.

Afina yong‘inlarni o‘chirishda Yevropa Ittifoqiga murojaat qilmoqchi.

Mavzuga oid