Apple ta'lim bozorini zabt etishga tayyorlanmoqda
Chikagodagi umumta'lim o‘rta maktabida o‘tgan tadbirda Apple o‘rta maktab ta'lim bozorini zabt etishga mo‘ljallangan byudjyet qurilma va dasturlarni namoyish etmoqchi ekanligini ma'lum qildi.
Kompaniya 9,7 dyuymli iPad’ni taqdim etadi. U ilgari faqat qimmatbaho iPad Pro bilangina ishlagan Apple Pencil stilusi bilan jihozlanadi. Apple o‘tgan yili byudjyet plansheti narxini maktablar uchun 299 dollarga, chakana narxidan 30 dollarga pasaytirgandi. Apple shuningdek, 99 dollarlik Apple Pencil o‘rnini bosuvchi Logitech stiluslari ishlab chiqarilishini ma'lum qildi.
Apple o‘quvchilar uchun ta'lim texnikalari bozoridagi nazoratni yo‘qotgandi. Apple kompaniyasi bozorini tahlil qilish bilan shug‘ullanuvchi Futuresource Consulting (Buyuk Britaniya) kompaniyasining ma'lumotlariga ko‘ra, Apple 2012 yilda AQShdagi boshlang‘ich va o‘rta maktablarga barcha mobil kompyuter qurilmalarining 52%ini sotgan. Ammo o‘tgan yili bu bozorning faqatgina 15%ini egallagan. Hozirda Samsung va Acer kompaniyalarining xrombuklari bozorda eng yetakchi sanaladi, o‘tgan yili ular bozorning 58%ini egallagan. Windows texnikasi 22% ulush bilan ikkinchi o‘rinda.
Mavzuga oid
21:11 / 05.10.2024
6 ming soxta iPhone bilan Apple kompaniyasini chuv tushirgan firibgarlar jazolandi
22:57 / 28.09.2024
Apple OpenAI kompaniyasini moliyalashtirishda ishtirok etishdan bosh tortdi
12:14 / 26.09.2024
iPhone 16'dagi o‘zgarishlar va “pont” uchun 3 karra to‘lov - Apple kutilmalarni oqlayaptimi?
22:57 / 24.09.2024