O‘zbekiston | 14:43 / 25.07.2018
9467
1 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda qizilmiya ildizi bilan shug‘ullanuvchi kompaniya 30 foiz aksiyalarini 3 mlrd so‘mga sotmoqda

Foto: karakalpakboyan.uz

«Qoraqalpoqboyan» AJ aksiyalarining 30%ini 3 mlrd so‘mga taklif qilmoqda, bundan Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma'lumotlari darak beryapti, u kelishuvga vositachilik qilishga tayyor.

Kompaniya Nukusda qizilmiya ildizini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Korxona 1963 yilda tashkil etilgan bo‘lib, balansida 16 ming gektar qishloq xo‘jaligi yerlari bor.

2 ming tonna siqilgan va 200 tonna 12 foiz namlikdagi saralangan qizilmiya ildizini ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlar eksport qilinadi, shu jumladan Rossiyaga ham.

1998 yildan beri aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi, aksiyadorlarning 75 foizi - O‘zbekiston Respublikasi jismoniy shaxslari, 25 foizi - xitoylik investorlar. tashkil etadi.

Mavzuga oid